"Bavariya" yarim himoyachisi Yozua Kimmix faoliyatini qaerda davom ettirmoqchi ekanligi ma'lum bo'ldi. Jurnalist Kerri Xauning yozishicha, 29 yoshli Kimmix "Bavariya" bilan shartnomasini uzaytirmoqchi.
Manbaning ta'kidlashicha, hozirda "Real Madrid" yoki "Liverpul"ga o'tish dargumon, shuning uchun "Bavariya" yarim himoyachining kelajagiga umid bog'laydi. Qayd etilishicha, Kimmix maoshini qisqartirish niyatida emas, shu bois tomonlar hozirda "top-kontrakt"ni muhokama qilishmoqda.
Eslatib o'tamiz, Kimmixning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi shu yozda yakuniga etadi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining narxi 50 million evro.