Vinisius Neymarning Braziliyaga qaytishi mumkinligi haqida gapirdi.
"Santos" Neymarning qaytishini yanvar oyi oxirigacha e'lon qilishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi.
TNT Sports Brasil telekanaliga bergan intervyusida Vinisius Neymarni "kumir" deb atadi va "u tezroq uyiga qaytishiga" umid bildirdi.
"Braziliya uchun Neymardek futbolchi bo'lishi muhim, ayniqsa uning uyi bo'lgan "Santos" uchun. U, shubhasiz, o'z vatanida yaxshi o'ynagan, keyin esa xorijda o'z nomini tarixga yozishga muvaffaq bo'lgan braziliyalik futbolchi. Umid qilamanki, u o'zi uchun foydali qaror qabul qiladi va u va uning butun oilasi baxtli bo'ladi", - dedi "Real Madrid" vingeri.