"Real"ning sobiq hujumchisi Moskvaning "Spartak" jamoasiga taklif qilingan. Gap hozirda "Milan" sharafini himoya qilayotgan Luka Yovich haqida ketmoqda. Shu bilan birga, «Metaratings» portalining ta'kidlashicha, ayni damda Moskva klubining yangi tayinlangan sport direktori Fransis Kaxigao hujum markazida 27 yoshli Yovichga nisbatan yoshroq futbolchilarni ko'rib chiqmoqda.
2024/2025 yilgi mavsumda Luka Yovich bor yo'g'i to'rtta o'yinda maydonga tushib, gol ura olmagan. Nufuzli «Transfermarkt» portali ekspertlari serbiyalik futbolchini 4 million evroga baholamoqda.