“Real”ning sobiq ustozi Jon Toshak Garet Beylning nega ko'p jarohat olayotganini aytdi. Uning fikricha, o'ng qanotda o'ynash Beyl uchun noqulay bo'layotgan ekan.
“Men Beyl bilan gaplashganimda, u chap qanotdan zarba berishga o'rganganini aytgandi. Aslida, u doim chap qanotda o'ynagan, o'ng qanotda harakat qilish Beyl uchun ko'plab muammolar tug'diradi. Men hech qachon Maldini yoki Roberto Karlosning o'ng qanotda o'ynaganini ko'rmaganman. Menimcha, Beyl ham o'ng qanotda o'ynamasligi kerak. Beylning ko'p jarohat olayotganiga shu sabab bo'lgandir balki”, dedi Toshak.