Rodrigo "Valensiya"ga qarshi o'yinda qizil kartochka olgan Vinisiusning uzr so'rashi haqida gapirdi.
"Real" vingeri "Valensiya" darvozaboni Stole Dmitrievskining boshiga orqadan zarba bergani uchun maydondan chetlatildi. O'yin madridliklarning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Vinisius Junior o'yindan so'ng ijtimoiy tarmoq orqali jamoadan uzr so'radi. Keyinroq braziliyalik futbolchi ikki o'yinga diskvalifikatsiya qilindi.
Rodrigoning aytishicha, vinger kiyinish xonasida ham barcha jamoadoshlaridan kechirim so'ragan.
"Hammasi yaxshi. Albatta, u sodir bo'lgan voqeadan biroz xafa bo'ldi. U qaerda xato qilganini ham biladi va bu boshqa takrorlanmasligini biladi.
Har birimiz noto'g'ri ish qilganimizda kechirim so'rashimiz kerak. Biz bir oilamiz" - dedi "Real" futbolchisi.