«Opta Analyst» tahliliy portali kechagi "Red Bull Zaltsburg" bilan o'yinda 5:1 hisobida yakunlangan yirik g'alabadan so'ng "Real Madrid"ning Chempionlar ligasining kuchli sakkizlikka kirishi ehtimolini hisoblab chiqdi.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, "los-blankos" jamoasining Chempionlar ligasining kuchli sakkizta klubiga kirishi ehtimoli bor-yo'g'i 2,9 foiz.
Eslatib o'tamiz, 7 turdan keyin madridliklar 12 ochko jamg'arib, turnir jadvalida 16-o'rinda bormoqda. Chempionlar ligasidagi navbatdagi o'yin 29 yanvar kuni mehmonda Frantsiyaning "Brest" klubiga qarshi o'tkaziladi.