"Real"da to'p tepayotgan braziliyalik vinger Vinisius Junior "Qirollik klubi"dagi kelajagi haqida gapirdi.
"Real" mening kelajagim. Bu jamoa uchun 100 dan ortiq gol urganimdan xursandman. Men klubda tarix yaratdim va bu meni juda xursand qiladi. Menga bunga erishishda yordam bergan sheriklarimga minnatdorchilik bildiraman", - dedi braziliyalik futbolchi.
Avvalroq matbuotda Vinisius faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.