UEFA matbuot xizmati Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 7-turi yakunlariga ko'ra haftaning eng yaxshi futbolchisi sovriniga nomzodlarni e'lon qildi.
Nomzodlar orasida to'rt nafar futbolchi bor edi: Vinisius («Real»), Xulian Alvares («Atletiko»), Rafinya («Barselona») va Lyuk de Yong («PSV»).
Eslatib o'tamiz, Vinisius "Zaltsburg"ga qarshi o'yinda (5:1), Xulian Alvares "Bayer"ga (2:1), Rafinya "Benfika"ga (5:4) qarshi o'yinda va de Yong "PSV" darvozasiga ikki bor gol urgandi (3:2).