Ko'rinib turibdiki, himoyachi Trent Aleksander-Arnold hali ikkita variantdan birini tanlamagan. 26 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi mavsum oxirigacha amal qiladi va matbuot ko'pdan buyon Trentni Ispaniya La Ligasi grandi bilan bog'lab keladi.
Transfer News Live nashri jurnalist Sacha Tavoleriga tayanib xabar berishicha, Trent hozircha "Real"ga o'tish borasida kelishmagan. Shu bilan birga, futbolchi shartnomani uzaytirish bo'yicha "Liverpul"dan kelgan bir qancha takliflarni rad etdi.
FIFA qoidalari Trent Aleksander-Arnoldga 1 yanvardan boshlab xorij klubi bilan oldindan shartnoma imzolash imkonini beradi.