Madridning "Real" klubi himoyachisi Xesus Valexo turk klubi taklifini rad etdi, deya xabar berdi «Relevo».
Manbaga ko'ra, "Trabzonspor" futbolchini o'z safiga qo'shib olishga harakat qilgan, biroq ispaniyalik futbolchi "Real"da shartnomasi yakunigacha qolishga qaror qilgan. U yozda erkin agentga aylanadi.
Futbolchi joriy mavsumda 1 ta o'yinda 10 daqiqa maydonda harakatlandi.