Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelottining iste'fosi ehtimoli haqida qanday fikrda ekani ma'lum bo'ldi.
«Marca» jurnalisti Xose Feliks Diasning xabar berishicha, "qirollik" klubi shtabi italiyalik mutaxassisning ketishi g'oyasini jiddiy qabul qilmayapti. "Qaymoqranglilar"ning joriy loyihasi Anchelotti bilan uzoq muddatli hamkorlikka qaratilgan. Ispaniyaning top klubi 2026 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan shartnomani muddatidan oldin bekor qilmoqchi emas.
Avvalroq matbuotda italiyalik murabbiy 2024/2025 yilgi mavsum yakunida Madrid grandi bosh murabbiyi lavozimini tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.