"An-Nasr" hozirda "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kazemiroga qiziqmayapti, deya xabar beradi The Athletic nashri.
Manbaga ko'ra, 32 yoshli braziliyalik futbolchining sobiq "Real" va "Manchester Yunayted"dagi jamoadoshi Krishtianu Ronaldu o'ynayotgan Saudiya Arabistoni klubi hozirda futbolchiga qiziqish bildirmayapti.
Avvalroq, Os Donos da Bola nashri Kazemiro Saudiya Arabistoni suveren jamg'armasi bilan shartnoma imzolagani haqida ma'lumot paydo bo'lgandi.
Marca nashri xabariga ko'ra, "An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu klubdan Kazemiro bilan shartnoma imzolashni so'ragan.
Braziliyalik himoyachi yarim himoyachi "mankunianliklar" safida 2022 yilning avgust oyidan beri o'ynab kelmoqda, o'shanda u "Real"dan 70,65 million evro evaziga o'tgan edi. Joriy mavsumda u 22 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi.