Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe Frantsiya terma jamoasiga bo'lgan munosabati haqida gapirdi. Eslatib o'tamiz, 2024 yilning noyabrida forvard Millatlar ligasi o'yinlariga terma jamoaga chaqirilmagandi.
"Frantsiya termasi bilan hech qanday muammom yo'q. Mart oyida u erga qaytishni kutaman. Frantsiyaga bo'lgan muhabbatim o'zgarmadi, men o'z mamlakatimga jahon chempionatiga chiqishda yordam bermoqchiman", - dedi Kilian.
Mbappe joriy mavsumda barcha turnirlarda 29 ta o'yin o'tkazib, 17 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar tuzilgan.