«Real» darvozaboni Keylor Navas jiddiy jarohat olgani aniq bo'ldi. Dastlabki ma'lumotlarga qaraganda, Navasning oyog'idagi mushaklaridan birida cho'zilish yuz bergan.
Madridliklar hozircha futbolchining tiklanishi uchun qancha vaqt ketishi mumkinligi haqida ma'lumot tarqatishmadi.
Eslatib o'tamiz, Navas ushbu jarohatni Kosta-Rika terma jamoasi safida orttirdi.