"Real" hujumchisi Kilian Mbappe o'ziga qaratilgan tanqidlarga javob qaytardi. Frantsuzning so'zlariga ko'ra, u xeyterlarni xotirjam qabul qiladi.
"Hozir o'zimni juda yaxshi his qilyapman. Men "Real Madrid"dagi eng yaxshi vaqtimni o'tkazyapman. Men juda xotirjamman va tanqid qilish odatiy holdir. Odamlar salbiy so'zlarni aytishganda, siz xotirjam bo'lishingiz va oldinga intilishingiz kerak", deb Mbappening so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
Mbappe joriy mavsumda barcha turnirlarda 29 ta o'yin o'tkazib, 17 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.