"Real Madrid" rahbariyati jamoaning asosiy darvozaboni Tibo Kurtuani o'z safida olib qolmoqchi. Bu haqda Marca xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, "qirollik klubi" 32 yoshli darvozabon bilan 2026 yilning yozida yakunlanadigan shartnomasini uzaytirish bo'yicha muzokaralarni boshlagan.
Kurtua bu mavsumda 24 ta o'yinda 28 ta gol o'tkazdi va 8 bor o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.