Emilio Butrageno Kilian Mbappening "Real"dagi o'yini haqida gapirdi.
Frantsiyalik hujumchi joriy mavsumda La Liganing 18 ta uchrashuvida 12 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Bu futbolchining imkoniyatlarini hammamiz bilamiz. U istalgan daqiqada gol urishi va o'yin natijasini hal qilishi mumkin. Bu biz uchun sharaf. Biz bundan unumli foydalanishimiz kerak.
Vaqt o'tishi bilan u o'z sheriklarini yaxshiroq bilishi va sheriklari uni yaxshiroq bilishi odatiy holdir", dedi Madrid klubi direktori.