«Real» yuragi bilan bog'liq muammolarga duch kelgan o'ng qanot himoyachisi Daniel Karvaxalning o'rniga boshqa futbolchi sotib olmaslikka qaror qildi. Jamoa ispaniyalik futbolchining qisqa vaqt ichida sog'ayib ketishiga ishonmoqda.
Avvalroq Karvaxal yuragidagi kasallik tufayli kamida 2 oy maydonga tusha olmasligi haqida xabar berib o'tgandik.
Danielning betobligi haqida xabar berilganidan keyin matbuotda "Real" yangi futbolchi qidirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Lekin jamoa murabbiylar shtabi 25 yoshli futbolchining o'rnini bosa oladigan ijrochilar bor deb hisoblamoqda.