"Real" hujumchisi Kilian Mbappe Ispaniya chempionatining 20-turida "Las-Palmas" ustidan qozonilgan yirik g'alabadan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Jamoalar o'rtasidagi o'yin 4:1 hisobida yakunlandi. Mbappe butun 90 daqiqa o'ynadi va dubl qayd etdi.
"Men juda xursandman, chunki hozir jamoaga moslashib oldim. Endi men xohlagancha erkin o'ynay olaman", deya Mbappening so'zlarini keltiradi Madrid Universal.