Londonning “Arsenal” klubi “Real Sosedad” yarim himoyachisi Martin Subimendi transferini yakunlamoqchi.
Shu oyda ma'lum bo'lishicha, "kanonirlar" yozgi transfer oynasida ispaniyalikni o'z safiga jalb qilishni rejalashtirmoqda.
Transfer News Live nashrining xabar berishicha, «Arsenal» Subimendi evaziga Takexiro Tomiyasu va Yakub Kiviorga 30 million evro taklif qilishga tayyor.
La Liga klubini bu shartlar qoniqtiradimi yoki yo'qmi hozircha aniq emas.