Uels terma jamoasi yarimhimoyachisi Garet Beyl mamlakat futbol federatsiyasi rahbarlaridan jamoa bosh murabbiyi Kris Koulmenni iste'foga chiqarmaslikni so'radi.
"Biz barchamiz, Krisni qolishini xohlaymiz. Uning Uels futboliga qo'shgan xissasi shunchaki ajoyib. Biz hech qachon EURO-2016 dagi muvoffaqiyatni unutmaymiz," - deydi Beyl.
Eslatib o'tamiz, Uels terma jamoasi guruhdan 3-o'rinni egallab Jch-2018dan quruq qolishdi.