So'nggi yillarda matbuot "Real Madrid"ni "Bavariya"ning chap qanot himoyachisi Alfonso Devis bilan faol bog'ladi. Bir paytlar hatto kanadalikning Madridga o'tishi muqarrardek tuyulgandi, ammo hozir hammasi Devis Myunxen klubi bilan shartnomasini uzaytirish tomon ketmoqda. "Bavariya" 24 yoshli futbolchiga yaxshilangan taklif bilan chiqdi va u qolishini kutmoqda. "Real Madrid" poygadan chiqdi va Alfonso uchun kurashdan voz kechdi, deb yozadi "AS" nashri o'z sahifalarida.
Oldinroq, "Real" himoyaning chap qanotida Alfonso Devis o'rniga "Milan"dan Teo Ernandesni qo'lga kiritishi mumkinligi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.