Uels terma jamoasi yarim himoyachisi Garet Beyl murabbiy Kris Koulmanni o'z lavozimidan ketmasligi kerakligini ta'kidlab o'tdi.
“Biz barchamiz Krisnnig jamoada qolishini istaymiz, uning Uels futboli uchun qilgan xizmatlari katta. U terma jamoa uchun barcha imkoniyatlarini ishlatdi.
Evro-2016 musobaqasadiga muvaffaqiyatli ishtirok har doim ham kuzatilmaydi, biroq biz o'z harakatlarimizdan xulosa chiqarib oldik.
Balki bizga kelajakda qiyin bo'lishi mumkin, ammo Koulmen – Uels termasini kerakli g'alabalarga olib borishiga ishonaman”, – dedyi Beyl.
Ma'lumot uchun, uelsliklar Evro-2016 musobaqasida yarim finalga qadar etib borishdi, ammo JCh-2018 saralash bosqichida uchinchi o'rinni olib, mundial bilan xayrlashishdi.