Hujumchi Vinisius Junior Saudiya Arabistoni klublarining radarida qolmoqda. 24 yoshli braziliyalik yulduzga eng katta qiziqishni "Al-Hilol" ko'rsatmoqda.
Shu fonda, "Marca" nashri xabar berishicha, "Real Madrid" Vinisiusning holatini xotirjam qabul qilmoqda. Braziliyalik futbolchining shartnomasi hali ham ikki yarim yilga mo'ljallangan bo'lib, u 1 milliard evro miqdoridagi katta tovon puli bandini o'z ichiga oladi. Madrid klubi Vinisiusni shartnomani uzaytirishga ko'ndirish uchun etarli vaqt borligini tushunadi.
Vinisiusning o'zi ham “Real”da qolishni ma'qul ko'radi, biroq Saudiya Arabistoniga o'tishni istisno etmaydi.