Madridning "Real" klubi Ispaniya kubogi 1/8 finalida "Selta"ni qo'shimcha bo'limlarda mag'lub etdi (5:2).
Birinchi bo'limda darvozabon Andrey Lunin yarim himoyachi Villiot Svedbergni jarima maydonchasi ichida ushlab olganidan keyin bosh hakam Xose Munuera Montero qoida buzilishini qayd etmadi.
O'yindan so'ng “Atletiko” bosh murabbiyi ushbu o'yindagi hakamlarning qarorlari haqida gapirdi: “Bu yuz yildan beri sodir bo'lmoqda. Odamlar nimaga hayron qolishayotganini bilmayman”.
- Simeonening so'zlari haqida qanday fikrdasiz?
- Bular ommaga aytiladigan gaplar. "Real Madrid" 125 yildan beri qanday bo'lganini butun futbol olami biladi. Menimcha, bu ularga alam qildi", - dedi "Real" bosh murabbiyi.