Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Selta"ga qarshi Ispaniya kubogi 1/8 final uchrashuvi (5:2) oldidan italiyalik mutaxassisga nisbatan xushtakbozlik qilgan muxlislar noroziligiga qaramay, "qaymoqranglilar" rahbariyatining yordamini his qilishini aytdi.
"Albatta, Florentino Peres, Xose Anxel ("Real Madrid" bosh direktori) va butun klub bilan juda yaxshi munosabatdaman. Menda hech qanday muammo yo'q. Men har doim qo'llab-quvvatlanayotganimni his qilaman va bu erdagi oxirgi kunimgacha buni davom ettiraman. Bu borada hammasi narsa mukammal tartibda", - dedi Anchelotti Madrid Universal bilan suhbatda.
Anchelottining "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan.