«Real» yarim himoyachi Garet Beylni sotib yubormoqchi. "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres va bosh murabbiy Zayniddin Zidan 28 yoshli futbolchining tez-tez jarohat olayotganidan norozi bo'lmoqda.
«Real» uelslik futbolchini «Manchester Yunayted»ga sotishga tayyor. Madridliklar Beylning transferidan 99 million evro miqdorida daromad olishni ko'zlamoqda.
Beyl Ispaniya La ligasining ushbu mavsumida 5ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va bitta golga uzatma berdi.