"Real" prezidenti lavozimiga Florentino Peresning nomzodi muvaffaqiyatli tasdiqlandi.
Amaldagi prezident juma kuni o'z nomzodini taqdim etdi va saylov komissiyasi tomonidan ma'qullandi.
Klub prezidenti uchun arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati shanba kuni soat 23:59. Agar kun oxirigacha boshqa nomzodlar chiqmasa, Peres saylovlarsiz g'alaba qozonadi - kelasi hafta seshanba kuni u rasman 2029 yilgacha "Real Madrid" prezidenti deb e'lon qilinadi.
Peres yagona nomzod bo'lgan 2009 yildan beri "Real Madrid" prezidenti lavozimida ishlaydi. 2013, 2017 va 2021 yillarda ham unga raqib bo'lmagan.