Erling Holandning «Manchester Siti» bilan 2034 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnomasida tovon puli miqdori haqidagi modda mavjud emas, ammo maxsus formulani o'z ichiga oladi. Unga ko'ra, Madridning «Real» klubi va «PSJ» norvegiyalik hujumchini maxsus shartlarda xarid qilishi mumkin. Bu haqda Marca xabar berdi.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 24 yoshli futbolchining mehnat shartnomasida bunday mexanizm bor bo'lsa-da, u hozirda butunlay «Manchester Siti» safidagi o'yinlarga e'tibor qaratgan.
«Shaharliklar» 17 yanvar, juma kuni Holand bilan shartnomani uzaytirilganini e'lon qildi. Avvalroq The Guardian nashrining xabar berishicha, endi norvegiyalik hujumchining bonuslarsiz maoshi haftasiga 500 000 funtni tashkil etishi haqida xabar berilgandi.