Diego Simeoneni "Real Madrid" o'yinidagi bahsli hakamlik qarorlari ajablantirmaydi.
Kecha madridliklar Ispaniya kubogi doirasida "Selta"ni mag'lub etishdi (5:2). Birinchi bo'limda darvozabon Andrey Lunin yarim himoyachi Villiot Svedbergni jarima maydonchasi ichida yiqitdi va bosh hakam Xose Munuera Montero qoida buzilishini qayd etmadi.
– Kechagi o'yinni ko'rmadim, lekin yuz yildan beri shunday epizodlar borligini aytishadi. Odamlar nimaga hayron qolishlarini bilmayman.
– Bunday jamoalar bilan raqobat qilish mumkinmi?
– Ha, hamma yuz yildan beri shunday qilib keladi va hozir ham shunday. Albatta, bu mumkin", dedi “Atletiko” bosh murabbiyi.