"Selta" himoyachisi Markos Alonso Ispaniya kubogi doirasida "Real"ga (2:5) qarshi o'yindagi hakamlikdan norozi bo'ldi.
"Real"ga qarshi o'yinda hakamlarning ko'plab xatolari bo'ldi, bizni xafa qildi. Maydonda hakamlar va kameralar ko'p bo'lsa, nega bunday bo'layotganini tushunish qiyin. To'g'risini aytsam, bu sizni ko'p narsani o'ylashga majbur qiladi", - dedi Alonso.
Markos Alonso o'tgan yilning avgust oyidan beri "Selta"da to'p tepmoqda. Avvalroq u ikki yil davomida "Barselona" sharafini himoya qilgan.