"Milan" hujumchisi Rafael Leau o'tgan yilgi "Oltin to'p"ni kimga berishini aytdi.
Sovrin “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodriga nasib etdi. Ispaniyalik futbolchi ovoz berishda uzoq vaqtdan buyon sovrin uchun yaqqol favorit sanalib kelgan “Real” hujumchisi Vinisius Juniorni ortda qoldirdi.
"2024 yilda “Oltin to'p”ni kim qo'lga kiritishi kerak edi? "Vinisius", - dedi portugaliyalik.
Oktyabr oyi oxirida "Oltin to'p"ni topshirish marosimi bo'lib o'tdi.