Madridning “Real” klubi hujumchisi Endrik 4 oy ichida ilk golini urdi. Braziliyalik futbolchi Ispaniya kubogi 1/8 finalida "Selta"ga qarshi o'yinda (5:2) ikkita gol urdi.
18 yoshli forvard 79-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va 108 va 119-daqiqalarda gol urib, qo'shimcha bo'limning asosiy qahramoniga aylandi. MisterChip ma'lumotlariga ko'ra, Endrik Ronaldudan keyin "Real Madrid" safida qo'shimcha bo'limda ikkita gol urgan birinchi futbolchidir. Portugaliyalik yulduz buni ikki marta 2016 va 2017 yillarda amalga oshirgan edi.
XXI asrda "qaymoqranglilar"ning boshqa hech bir vakili shunga o'xshash natijaga erisha olmagan.