"Real" hujumchisi Endrik uzoq vaqtdan beri ilk golini nishonladi.
18 yoshli futbolchi Ispaniya kubogi 1/8 finalidan o'rin olgan "Selta"ga qarshi o'yinning qo'shimcha daqiqalarida gol urib, hisobni "Los-Blankos" foydasiga 3:2 ko'rinishiga keltirdi. Bu yosh forvardning o'tgan yilning 17 sentyabridan buyon to'rt oy ichida ilk goli bo'ldi. O'shand vunderkind Chempionlar ligasida Germaniyaning "Shtutgart" klubi darvozasini ishg'ol qilgandi.
Endrik joriy mavsumda Karlo Anchelotti jamoasi safida 17 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bugungi o'yinda braziliyalik futbolchi 79-daqiqada Kilian Mbappe o'rniga zaxiradan maydonga tushdi.