"Real Madrid"ning hujumchisi Endrik Ispaniya kubogida "Selta"ni 5:2 hisobida mag'lub etganidan so'ng jurnalistlar bilan suhbatlashdi.
Futbolchi 79-daqiqada Kilian Mbappe o'rniga zaxiradan maydonga tushdi va 108 va 119-daqiqalarda ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qildi.
"Bu juda murakkab o'yin bo'ldi. Biz 2:0 hisobida oldinga chiqqan edik, keyin ikki marta gol o'tkazib yubordik, ammo "Real" - bu "Real"dir. Biz har doim oxirigacha kurashamiz. Qiyin bo'ldi, lekin biz gol urib, g'alaba qozondik.
Men o'zim urgan ikkita golni Ryudigerga bag'ishlayman. U menga klubga kelgan birinchi kunimdan boshlab yordam berib kelmoqda," - dedi Endrik.