"Real Madrid" yarim himoyachisi Federiko Valverde jamoa uchun afsonaviy Toni Kroosdan ko'ra ko'proq gol urgan.
Payshanba kuni urugvaylik futbolchi Ispaniya kubogi doirasidagi "Selta"ga qarshi o'yinda gol urdi. Bu gol 26 yoshli yarim himoyachi uchun "Real Madrid" libosidagi 29-gol bo'ldi va bu borada o'zining kumiri Toni Kroosni ortda qoldirdi. E'tiborlisi Valverde madridliklar safida 289 ta o'yin o'tkazgan bo'lsa, nemis 465 ta o'yinda maydonga tushdi.
Toni Kroos o'tgan yozda faoliyatini yakunlagandi. Aynan Federiko Valverde "Real Madrid"da uning sakkizinchi raqamli libosini meros qilib oldi.