Madridning “Real” klubi Ispaniya Superkubogi finalida “Barselona”dan uchralgan alamli mag'lubiyatdan (2:5) keyingi vaziyatni tahlil qilmoqda.
Fichajes nashri xabariga ko'ra, Madrid klubi prezidenti Florentino Peres jamoadan 3 nafar futbolchini chetlashtirishga qaror qilgan. Shu tariqa, "qaymoqranglilar" rahbari himoyachilar Lukas Vaskes va Ferlan Mendi, shuningdek, yarim himoyachi Aurelien Tchuamenini tarkibda ko'rishni istamayapti.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Tchuamenini Angliya Premer-ligasining bir qancha top-klublari o'z safida ko'rmoqchi bo'lishayotgani haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Madridning "Real" klubi ayni damda Ispaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Karlo Anchelotti shogirdlari navbatdagi o'yinini 16 yanvar kuni Ispaniya kubogi doirasida "Selta"ga qarshi o'tkazadi.