Predrag Miyatovich "Real Madrid" kuchaytirish kerak bo'lgan pozitsiyalarni aytib o'tdi.
"Men o'ng va chap himoyachilarning pozitsiyalarini mustahkamlagan bo'lardim. Biz echimlarni izlashimiz kerak. "Real Madrid" ko'p yillar davomida ajoyib himoyachilarga ega bo'ldi.
Roberto Karlos, Kristian Panuchchi, Daniel Karvaxal, Marselolarni unutmasligimiz kerak... “Real”da hamisha bu ikki pozitsiyada o'zgarishlarni amalga oshirgan futbolchilar bo'lgan.
Yarim himoyachilarga kelsak, "Real" Toni Kroos va Luka Modrichga o'rganib qolgan. Biz sof kreativ yarim himoyachi izlashimiz kerak.
Boshqa Modrich yoki boshqa Kroos topilishi dargumon", deydi "Real Madrid"ning sobiq futbolchisi.