Predrag Miyatovich Orelen Tchuamenining "Real"dagi o'yinidan mamnun emas.
Frantsuz futbolchisi markaziy yarim himoyada yoki himoyada o'ynashi mumkin.
"Keling, haqiqatni tan olamiz, Tchuameni hech qaysi pozitsiyada o'zini oqlamayapti.
U Frantsiya terma jamoasida juda yaxshi o'ynagan va undan ko'p narsa kutilgan futbolchi edi, biroq "Real Madrid"ga o'tganidan beri [kerakli darajaga] etib kelolmayapti," - dedi "Real"ning sobiq hujumchisi.