Madridning “Real” klubi Ispaniya Superkubogi finalida “Barselona”ga 2:5 hisobida imkoniyatni boy berib, omadsizlikka uchradi.
Natijada Madrid klubining jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelottiga bo'lgan ishonchi pasayib ketdi.
Bu haqda AS nashri xabar bermoqda. Manbaga ko'ra, "Real"da radikal yoki shoshilinch qarorlar qabul qilinmaydi.
Ammo Madrid klubi hozirgi vaziyatni tahlil qilishni boshlaydi. Shu haftada eng yuqori darajadagi bir qator uchrashuvlar, jumladan, Anchelotti ishtirokida ham bo'lib o'tadi.
Vazifa muammolarni aniqlash va keyingi harakatlar rejasini ishlab chiqishdir.