"Barselona" himoyachisi Jyul Kunde Ispaniya Superkubogi finalida "Real" ustidan qozonilgan yirik g'alabadan so'ng (5:2) intervyu berdi.
"Biz xuddi "Bernabeu"dagi kabi o'yin rejasini a'lo darajada bajardik. Biz xotirjam va sabrli bo'lishga muvaffaq bo'ldik. "Real" birinchi golni urganida ham g'alaba qozonishimizni bilardik. Men jamoa bilan juda faxrlanaman, biz saboq oldik. Qizil kartochkadan so'ng o'zimizni jamlay oldik va bir-birimizga qattiq turishimizni aytdik", - dedi Kunde.