Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Luka Modrich Ispaniya Superkubogi muvaffaqiyatsiz yakunlanganidan keyin jurnalistlar bilan suhbatlashishdan qochmadi.
Karlo Anchelotti shogirdlari birinchi bo'lib gol urdi, ammo "Barselona"ga 2:5 hisobida mag'lub bo'ldi. 39 yoshli xorvatiyalik futbolchi o'yindan keyin OAV bilan gaplashgan "Los-Blankos"ning yagona futbolchisi bo'ldi.
Klubning boshqa futbolchilari esa matbuot bilan gaplashishni istamadi.