"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik bo'lajak "el-klasiko"ga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Yakshanba kuni "blaugrana" Ispaniya Superkubogi finalida "Real"ga qarshi maydonga tushadi. Mundo Deportivo xabariga ko'ra, Flik butun dam olish kunlarini mehmonxonada bo'lajak o'yinga tayyorgarlik ko'rish bilan o'tkazdi, uning murabbiylar shtabi esa fursatdan foydalanib, Jidda shahrining diqqatga sazovor joylarini aylanib chiqdi.
"Barselona" - "Real Madrid" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 23:59da boshlanadi.