"Real"ning o'ng qanot himoyachisi Lukas Vaskes klubdagi so'nggi mavsumini o'tkazayotgan bo'lishi mumkin.
Ispaniyalik futbolchining "los-blankos" bilan amaldagi shartnomasi iyun oyida yakuniga etadi. Tomonlar keyingi hamkorlik bo'yicha haligacha kelishib olishmagan.
"Mening fikrim hamma narsaga ochiq. Davom etish yoki davom ettirmaslik, boshqa joyga ketish yoki faoliyatini yakunlash varianti bor", - dedi 33 yoshli futbolchi GQ nashriga bergan intervyusida.