Madridning "Real" klubi yarim himoyachilari Federiko Valverde va Jud Bellingem Ispaniya Superkubogi finalida maydonga tushishi kutilmoqda.
Payshanba kuni "los-blankos" yarim finalda "Malorka" bilan to'qnash kelganida, Karlo Anchelotti tushuntirganidek, ikkala futbolchi ham zo'riqishlardan aziyat chekdi. Biroq, jurnalist Gilermo Rayning xabar berishicha, urugvaylik va ingliz finalda muammoga duch kelmasligi kerak. Yarim himoyachilar yakshanba kungi "el-klasiko"ga to'liq tayyor holatda borishi kutilmoqda.
"Real Madrid" - "Barselona" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 23:59'da boshlanadi.