"Real Madrid" yarim himoyachisi Aurelien Tchuameni "Barselona"ga qarshi o'yinda ishtirok etishga tayyor. Frantsiyalik futbolchi payshanba kuni bo'lib o'tgan Ispaniya Superkubogi yarim finalida “Malorka”ga (3:0) qarshi o'yinning 55-daqiqasida almashtirildi.
Yarim himoyachi raqibining boshi bilan to'qnashib ketdi va “qaymoqranglilar” shifokorlar futbolchining sog'lig'ini xavf ostiga qo'ymaslikka qaror qilishdi. Cope xabariga ko'ra, Tchuameni bo'lajak "El-klasiko"ga tayyor bo'ladi. Uchrashuv yakshanba kuni Superkubok finali doirasida bo'lib o'tadi.
Ko'pincha markaziy himoyada o'ynaydigan himoyachi joriy mavsumda Karlo Anchelotti jamoasida 22 ta o'yinda maydonga tushdi.