"Real Madrid" futbolchilari La Liganing bo'lajak uchrashuviga tayyorgarlikni davom ettirishmoqda. Mashg'ulotlarda terma jamoadan qaytgan bir nechta futbolchilar va terma jamoaga jalb etilmagan futbolchilar ishtirok etdi. Shuningdek, "Kastilya"dan Franchu, Toni, Kesada, Seoane va Fidalgolar, "Xuvenil A"dan esa Dario va Albertolar mashg'ulotga jalb etildi. Jarohati sababli Beyl, Kovachich va Karvaxal mashg'ulotni o'tkazib yuborishdi.