Madridning “Real” klubi darvozaboni Keylor Navas Kosta Rika termasi safida jarohat oldi.
Ma'lumotlarga ko'ra, Navas mushaklarini jarohatlab olgan. Uning "Xetafe"ga qarshi o'yinda maydonga tushmasligi deyarli aniq bo'lib ulgurdi.
Shuningdek, Navas EChL doirasida "Tottenxem" bilan o'tadigan o'yinda ham qatnashmaslik extimoli bor. Posbon bir hafta davomida maydondan tashqarida bo'ladi.