"Real Madrid" darvozaboni Keylor Navas Ispaniya chempionati doirasida "Xetafe"ga qarshi uchrashuvni aniq o'tkazib yuboradi. Navas Kosta-Rika terma jamoasi bilan JCH-2018 saralash uchrashuvlariga tayyorgarlik jarayonida o'zini yomon xis etgan.
Shu sababli murabbiylar shtabi Keylorning xayoti bilan tavakkal qilmoqchi emas. Marca nashrining fikriga ko'ra Navas "Tottenxem" bilan o'yingacha safga qaytadi.