Karlo Anchelotti Ispaniya Superkubogini mamlakat tashqarisida o'tkazish haqida gapirdi.
Madridning "Real" klubi Ispaniya Superkubogi yarim finalida "Malorka"ga qarshi maydonga tushadi. O'yin 9 yanvar kuni bo'lib o'tadi.
Ushbu turnirning o'yinlari Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi.
"Musobaqani bu erda o'tkazish ispan futboli uchun foydali. Avvalambor, bu erda o'ynaydigan jamoalar uchun, chunki ularda barcha mahalliy muxlislarning qo'llab-quvvatlashini his qilish imkoniyati bor", — dedi "Real" bosh murabbiyi.